15:26 / 02.01.2019
3 412

2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e’tibor qaratilishi aytildi

2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e’tibor qaratilishi aytildi
Kirib kelgan 2019 yilda jahon hamjamiyatining e’tibori dunyodagi 10ta mintaqada kuzatilayotgan vaziyatga qaratiladi, jumladan, Suriya, Yaman, Afg‘oniston va Eronga. Bu haqda qarorgohi Bryusselda joylashgan «Xalqaro inqiroz guruhi» nodavlat-notijorat tashkilotining materialida aytiladi.

Materialda qayd etilishicha, dunyodagi tartib buzilgan va xalqaro hamjamiyat Qo‘shma Shtatlarning qudratiga shubha bilan qaramoqda.

«Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda mustahkamlash uchun tashkil etilgan BMT kabi xalqaro tashkilot o‘zining funksiyasini yo‘qotdi. Shuningdek, adolatni ta’minlovchi tashkilotlar, xususan, Xalqaro jinoiy sud ham e’tiborga olinmayapti», - deyiladi materialda.

Tadqiqot mualliflari fikricha, 2019 yilda xalqaro hamjamiyatning e’tibori Yaman, Afg‘onistondagi vaziyatga, AQSh va Xitoy munosabatlaridagi keskinlikka, Saudiya Arabistoni, AQSh va Isroilning Eron bilan qarama-qarshiligiga, Suriya, Nigeriya, Janubiy Sudan, Kamerun, Ukraina hamda Venesueladagi holatga qaratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e’tibor qaratilishi aytildi