23:15 / 04.01.2019
4 188

Italiyada jinoyatchilar inkassatorlar mashinasiga hujum qilib 2,3 mln. yevro pullarni olib ketishdi (video)

Italiyada jinoyatchilar inkassatorlar mashinasiga hujum qilib 2,3 mln. yevro pullarni olib ketishdi (video)
Italiya janubida qurollangan jinoyatchilar inkassatorlik mashinasiga hujum qilib, undan millionlab yevro o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Bari shahri yaqinida jinoyatchilar ikkita yonayotgan yuk mashinasida pensiya pulini olib ketayotgan zirhli furgonning yo‘lini to‘sishgan. Avtomobil to‘xtaganda, jinoyatchilar uning tomini ekskavatorlar kovshi bilan kesib ochishgan. Niqobdagi o‘g‘rilar inkassatorlarni avtomatlardan o‘q uzib qo‘rqitib, mashinadan 2,3 mln. yevroni olib, ikkita yengil avtomobilda g‘oyib bo‘lishgan.

Ta’kidlanishicha, hujum oqibatida inkassatorlar jabrlanmagan. Politsiya voqea yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishi va yo‘ldan yonayotgan mashinalar olib tashlanishi uchun shosse bo‘ylab harakat bir necha soatga to‘xtatilgan.
VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada jinoyatchilar inkassatorlar mashinasiga hujum qilib 2,3 mln. yevro pullarni olib ketishdi (video)