00:13 / 07.01.2019
4 872

XXI asrda litiy uchun «urush» bo‘ladimi?

XXI asrda litiy uchun «urush» bo‘ladimi?
2030 yilga borib, eng yengil metall - litiyga bo‘lgan talab 38 baravar oshib ketishi taxmin qilinmoqda. Bunga ta’sir etuvchi omil esa elektromobil va smartfonlarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq.

Yunon tilidan «tosh» ma’nosini beruvchi litiy metallar ichida eng yengil, kumush rangdagi talabgir modda kimyoviy element hisoblanadi. Undan foydalanish XIX boshida ommalashdi, XX asr oxiriga kelib, litiy sanoatning, deyarli, barcha sohasida ishlatila boshlandi. Asosan metallurgiya, aviasanoat, yadro energetikasi, oyna ishlab chiqarish, keramika va hatto psixik moddalar tayyorlashda ham litiydan foydalanish mumkin. Ammo u, birinchi galda, akkumlyatrolar ishlab chiqarishda qo‘l keladi. Mahsulotning energohajmini oshiradi va tovar tannarxi arzonlashadi.

Elektromobillarni ishlab chiqarish kabi texnologik inqiloblar litiyga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shuningdek, har qanday uyali elektrotexnikaning akkumulyatori ham litiy bilan quvvatlanadi. Muqobil energiya turini afzal ko‘rayotgan Germaniya uchun ham litiy muhim xom-ashyo hisoblanadi. Natijada bu metallni endi «oq» yoki «yangi» neft, deb atash urf bo‘ldi, element narxi esa oshishda davom etyapti (https://www.wealthdaily.com/report/lithium-the-oil-of-the-21st-century/1449). Litiy bozorida nimalar yuz bermoqda va nima uchun «litiy urushi»ga tayyor turish kerak?

Zahira va ishlab chiqarish

Birinchidan, litiy kamyob, barcha hududda topish qiyin bo‘lgan metallar oilasiga mansub. Uning umumiy zahirasini aniq aytish qiyin, lekin turli manbalarda litiy zahirasi 18-40 million tonna atrofida ekani ta’kidlanadi. Hozircha, eng katta zahira Chilida – 7,5 million tonnaga yaqin bo‘lib, aniqlangan zahira bo‘yicha dunyoning kuchli beshligi Xitoy, Avstraliya, Argentina va Portugaliya bilan tugaydi.

Litiy ishlab chiqaruvchi Chilining SQM, AQShga tegishli Albermarle va FMC shu yo‘nalishda «katta uchlik»ni tashkil etadi. Shu bilan birga, bozorda faollashgan Xitoy 2017 yil yakunlari bo‘yicha metallni qazib chiqashda dunyoning to‘rtinchi davlati bo‘ldi. Xitoy litiy-ionli batareya ishlab chiqarishda esa yetakchi davlatga aylangan. Ayni paytda qazib chiqarishda «katta uchlik»ning hissasi 85 dan 53 foizgacha tushgan, Xitoy bu borada 40 foiz ishni bajaryapti. Sharq vakillar litiy qazib chiqarish ishlarida faollashuvi ancha ko‘zga tashlanadi, kezi kelsa, bu harakatlar agressivlashgan tarzda davom etyapti.

Masalan, Tianqi kompaniyasi Avstraliyadagi yirik litiy shaxtasi – Greenbushes o‘z nazoratini o‘rnatgan. Ular SQM aksiyalarini sotib olishga intilmoqda (muzokaralar muzlatib qo‘yilgandi, Chili konstitutsion sudi kelishuvni davom ettirishga ruxsat berdi. Boshqa Xitoy kompaniyasi – Ganfeng esa Tesla va LG Chem kabi «katta o‘yinchilar»ga mol yetkazib beruvchiga aylanib, o‘rta muddatli kelajakda sotuv bozorini aniqlab olgan.

Talab va taklif

Tesla Model S elektrokar akkumulyatorini ishlab chiqarishga 63 kg litiy talab qilinadi. Bir qarashda, ishlab chiqarish uchun metalldan kam ishlatilishi, kutilayotgan xavotirlar asossizligini bildiradi. Ammo litiyni qazib chiqarish, qayta ishlash jarayonidagi uzoq va murakkab ishlar oxir-oqibat talab va taklif richagi ishlab chiqaruvchining qo‘lida ekanligini anglatadi.

Bloomberg New Energy Finance taxminicha , 2016 yilga nisbatan, 2030 yilga borib, eng yengil metall - litiyga bo‘lgan talab 38 baravar oshadi. 2009 yilda «oq neft»ga 102 ming tonna miqdorida ehtiyoj sezilgan. 2016 yili esa talab 210 ming tonnaga yetdi, bir yil 35 ming tonnaga ko‘paydi. 2018 yil yakunlari bo‘yicha esa 250 ming tonnadan ortiq bo‘lishi aytilyapti.

Benchmark Minerals Intelligence tadqiqot kompaniyasi 2025 yilga qadar litiy-karbonatga bo‘lgan talab 900 ming tonna chizig‘idan o‘tishini bildirgan. Bu o‘zgarishlarning barchasiga litiy-ion batareyalarga bo‘lgan talabning oshib borayotgani ta’sir qilmoqda. Qazib chiqarish sur’atlari esa bozor talablarini qondirmayapti. Kelgusi to‘rt yilda metallni ishlab chiqarish hajmi 154 ming tonnaga yetishi ko‘zlangan.

Narx va «urush»

2015 yilda litiy yetarli ishlab chiqarilmayotgani tufayli oxirgi uch yilda metall qadri 5 baravar oshdi. Faqat 2017 yilning o‘zida elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar talabi bilan litiy narxi 28 foizga oshgan. Tesla asoschisi Ilon Mask esa olovga yog‘ quygandek, elektrokar ishlab chiqarish uchun dunyodagi barcha litiyni sotib olish istagida yurganini ma’lum qildi. Keyinroq esa u vaziyatga sal oydinlik kiritib, «litiy Tesla mashinalari uchun shakarobga sepilgan tuz», deya izoh berdi. Haqiqatan, uning mashinalariga o‘rnatilayotgan batareyalar asosan nikel-grafitdan tashkil topgan.

2015 yil boshida bir tonna litiy 5,4 ming dollarga baholangandi va shu yilning oxiriga borib, uning narxi 7,8 ming dollar bo‘ldi. 2017 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan savdolarda 1 tonna litiy 21,5 ming dollar miqdorida narxlangan. 2018 yil boshida narx 25 ming dollarga chiqqanda, litiyga eng talabgor Xitoy vaziyatni qo‘lga oldi: u qazib chiqarish, ishlab chiqarish sur’atlarini jadallashtirdi va yil o‘rtasida 1 tonna litiy 13 ming dollargacha tushib ketdi. Xitoyning «agressiyasi» tufayli 2018 yil oktyabrda narx 11 ming dollarga tenglashdi. Morgan Stanley'ga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi va sur’ati shunday saqlab qolinsa, 2021 yilda 1 tonna litiy 7,3 ming dollarga baholanishi mumkin.

Qazib chiqarish talabdan past, narx esa bitta «o‘yinchi»ning istagi bilan o‘zgarib ketayotgan bozorda qanday «urush» bo‘lishi mumkin? Bu Shimoliy Amerika va Xitoyning litiy zahiralari uchun bo‘layotgan kurashi bilan izohlanadi. AQShning Xitoy bilan «savdo urushi» davom etsa, Kanadaning Power Metals va Nemaska kompaniyalari foydasi oshadi, ular har ikki tarafga mahsulot yetkazib berishga ishtiyoqmand.

Eng murakkab masala shundaki, litiy ochiq bozorda oltin, mis yo sanoatga zarur xom-ashyolar singari erkin sotilmayapti. London metallar birjasi 2019 yil ikkinchi yarmida, hatto 2020 yilda fyuchers shartnomalarni taqdim etishi mumkin. Banklar aniq xatarni shaffof ko‘rmayapti, sanoqli tashkilotlar tahlili bozor savdosiga teng kelmasligi aniq. Kelgusida, erkin bozor savdosi boshlanishi bilan barchamiz vaziyatni kuzatamiz. ​

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » XXI asrda litiy uchun «urush» bo‘ladimi?