09:56 / 07.01.2019
3 708

Silvestr Stallone va Robert De Niro boks “jangi” o‘tkazishdi (video)

Silvestr Stallone va Robert De Niro boks “jangi” o‘tkazishdi (video)
Gollivudning keksa aktyorlaridan biri Silvestr Stallone Instagram’dagi sahifasida ikki karra “Oskar” sohibi, aktyor Robert De Niro bilan boks tushayotgani videosini joylashtirdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/iiZlKXy9Ls4]
“Bir necha yil avval men Robert De Niroga boks xoreografiyasini ko‘rsatgandim. Quturgan buqa Italyan ayg‘iriga qarshimi? Sen kimning yutishiga tikkan bo‘larding?”, deb yozgan Stallone.

1980 yilda ekranlarga rejissyor Martin Skorsezening De Niro ishtirokidagi “Quturgan buqa” filmi chiqqan. Filmda aktyor afsonaviy amerikalik bokschi Jeyk Lamottaning rolini ijro etgan. Aktyor aynan shu roli uchun ikkinchi “Oskar”iga sazovor bo‘lgan.

Stallonening aktyorlik faoliyatida bunday rollardan talaygina uchraydi. Jumladan, u rejissyor Jon G.Evildsenning “Rokki” filmi va uning keyingi qismlarida suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Silvestr Stallone va Robert De Niro boks “jangi” o‘tkazishdi (video)