10:20 / 07.01.2019
6 879

AQShda 10 yildan beri komada yotgan ayol farzand ko‘rdi

AQShda 10 yildan beri komada yotgan ayol farzand ko‘rdi
AQShning Feniks shahar politsiyasi koma holatida homilador bo‘lib, farzand ko‘rgan ayol fakti yuzasidan tergov ishlarini boshladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Hodisa Arizona shtatining markazida joylashganmaxsus tibbiy yordam ko‘rsatuvchi Hacienda klinikasida ro‘y bergan. Ayol kasalxonaga bundan o‘n yil muqaddam joylashtirilgan. U cho‘kib ketayotganda qutqarilgan va shundan beri koma holatida bo‘lgan. Ayol 29 dekabr kuni sog‘lom bolani dunyoga keltirgan.

"Feniks shahar politsiya departamenti mazkur fakt yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Biz adolat qaror topishi uchun politsiya bilan hamkorlik qilmoqdamiz ", — dedi Arizona shtati gubernatori.

To tug‘ruq vaqti yetmagunga qadar, kasalxona xodimlari bemor ayolning homiladorligini bilishmagan. Bu hodisadan keyin tibbiy muassasadagi barcha erkak xodimlar faqatgina ayol shifokorlar hamrohligida bemorlar oldiga kirishi mumkinligi haqida yangi qoida joriy etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 10 yildan beri komada yotgan ayol farzand ko‘rdi