Gabonda hokimiyatni ag‘darmoqchi bo‘lganlar isyonchi harbiylar qo‘lga olindi

  • 07 yanvar 2019, 18:59
  • 735
  • Dunyo
  • Gabonda hokimiyatni ag‘darmoqchi bo‘lganlar isyonchi harbiylar qo‘lga olindi
    Gabon armiyasi davlat radiostansiyasini egallab olib, «Milliy tiklanish kengashi» tuzilishi haqida e’lon qilgan harbiylarni qo‘llab-quvvatlamadi.

    RFI telekanali ma’lumotiga ko‘ra, armiyaning asosiy qismi amaldagi prezident Ali Bongo Ondimba tarafdori bo‘lib chiqqan va ular mamlakatdagi asosiy ob’ektlarni nazorat ostiga olishgan.

    Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, leytenant Ondo Obiang Kelli boshchiligidagi isyonchi harbiylar qo‘lga olingan. Ayni vaqtda ularning sheriklari qidirilmoqda.

    Dushanba kuni tongida Gabon armiyasi harbiy xizmatchilari bo‘lgan bir necha kishi davlat telekanali efirida chiqib, «demokratiyani qayta tiklash» maqsadida harbiy davlat to‘ntarishi haqida e’lon qilishgandi. Bayonotda hukumat harbiylar qo‘liga o‘tgani aytilgandi.

    Gabon poytaxti Librevilda komendantlik soati e’lon qilindi va internet bloklandi. Shaharda tanklar va harbiy mashinalardagi harbiylar harakatlana boshladi.

    Ayni vaqtda 59 yoshda bo‘lgan prezident Ali Bongo hokimiyatni 2009 yilda otasi vafotidan keyin qo‘lga olgandi (bungacha uning otasi Omar Bongo 42 yil davomida mamlakatni boshqargandi).

    2018 yilning 24 oktyabr kuni Bongo Ondimba insultni boshidan o‘tkazdi va Saudiya Arabistonida reabilitatsiyadan o‘tkazildi, u hozirgi vaqtda Marokashda bo‘lib turibdi.

    » » Gabonda hokimiyatni ag‘darmoqchi bo‘lganlar isyonchi harbiylar qo‘lga olindi