09:23 / 08.01.2019
3 666

Turkiya prezidenti Suriyada IShID ustidan g‘alaba haqida e’lon qildi

Turkiya prezidenti Suriyada IShID ustidan g‘alaba haqida e’lon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Suriyada IShID terrorchilari harbiy jihatdan mag‘lub etildi. Bu haqda u New York Times uchun maqolasida yozgan.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqida o‘z vaqtida e’lon qildi, ammo bu «Qo‘shma Shtatlar manfaatlarini himoya qilish uchun sheriklar bilan rejalashtirilishi va amalga oshirilishi kerak».

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, 2016 yilda Turkiya IShIDga qarshi kurashish uchun Suriyada yer usti qo‘shinlarini birinchi bo‘lib joylashtirgan.

«Harbiy jihatdan IShID deb ataluvchi guruh Suriyada mag‘lubiyatga uchratildi. Shunga qaramay, biz ba’zi tashqi kuchlar tashkilot qolgan qismini mamlakat ichki ishlariga aralashish uchun sabab sifatida ishlatishi mumkinligidan tashvishdamiz», - deya qayd etib o‘tdi Turkiya prezidenti.

Uning ma’lum qilishicha, Anqara radikalizatsiya sabablarini bartaraf etish uchun «keng qamrovli strategiya»ni taklif etadi.
Shuningdek, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an The New York Times uchun maqolasida Anqaraning Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha rejasi haqida gapirdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya radikalizatsiya sabablarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli strategiya taklif qiladi, buning uchun «Suriya jamiyatining barcha qatlamlari jangchilaridan» iborat turli «barqarorlik kuchlari» yaratiladi.

Shuningdek, Anqaraning rejasida hozirda IShID terrorchilari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni tashkil etish nazarda tutilgan.

«Terrorchilik guruhlari bilan aloqaga ega bo‘lmagan shaxslar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida o‘z jamoalari vakili sifatida ishtirok eta oladilar», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Erdo‘g‘an. Uning ta’kidlashicha, asosan kurdlar yashovchi hududlardan kurdlar jamoati delegatlari ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti Suriyada IShID ustidan g‘alaba haqida e’lon qildi