10:20 / 08.01.2019
4 216

Amazon dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi

Amazon dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi
AQShning Amazon kompaniyasi bozordagi kapitallashuv bo‘yicha Microsoft’ni yana ortda qoldirib, dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi.

Amazon kapitallashuvi aksiyalari narxi 3,4 foizga ko‘tarilgach, 797 mlrd dollarga yetdi. Microsoft’ning kapitallashuvi esa 789 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu borada 3-o‘rinni Alphabet xoldingi 745 mlrd dollarlik, 4-o‘rinni esa Apple 702 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan egallamoqda.

Amazon bozor kapitallashuvi bo‘yicha Microsoft’dan ilk bor o‘tgan fevral oyida o‘zib ketgandi. U bunga ikkinchi marotaba dekabrda muvaffaq bo‘lgan. Amazon rahbari Jeff Bezos esa dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amazon dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi