12:35 / 08.01.2019
5 302

“15 yoshli kapitan” emas, 15 yoshli sarkarda

“15 yoshli kapitan” emas, 15 yoshli sarkarda
Gap ma’rifatli, zukko va sarkarda bo‘lgan xalifa Horun ar-Rashid haqida ketmoqda. Horun ar-Rashid abbosiylar davlatining V xalifasi bo‘lib, tarixda o‘zining o‘chmas izini qoldirgan. Jihodlarda ishtirok etib Islomning yoyilishida katta xizmat qilgan. Hatto, unga nisbatan “bir yili haj qilib, bir yili g‘azot qiladi” degan ta’riflar berilgan.

Mansur Abdulhakimning “Horun ar-Rashid: tuhmatlar qilingan xalifa” asarida quyidagi voqea bayon etiladi:

“Mahdiy farzandi Horunni ot choptirish, o‘q otish, nayza uloqtirish va jang san’ati kabi o‘yin-mashqlar bilan band qildi. Horunning qaddi-qomati mustahkamlanib, baquvvat yigit bo‘lib yetishganidan keyin, 163-yilda (hijriy) otasi uni Rumga, urushga jo‘natdi. Qo‘shinda Husayn ibn Qahtoba, Muso ibn Iyso va Abdulloh ibn Solih kabi mashhur va kuchli sarkardalar borligiga qaramay, Horunni qo‘shin boshlig‘i (sarkardasi) qilib tayinladi. Bu paytda ar-Rashidning yoshi 15 dan oshmagan edi.

Horun ar-Rashid yoshi kichikligiga qaramay yutuqni qo‘lga kiritdi, qo‘shin boshqarishdagi o‘z mahoratini namoyish qildi. Rim yerlariga chuqur kirib borib, “Samalu” deb atalgan qal’ani 38 kun qamal qildi. Ish qal’adagilarning shart qo‘yishlari bilan yakunlandi. Ular Rashidga o‘zlarini o‘ldirmaslik shartini qo‘yishdi. Horun shartga ko‘ndi va va’dasiga vafo qildi. Qo‘shini bilan sog‘-salomat, o‘ljalarni qo‘lga kiritgan holda qaytdi. Uni kutib olish uchun Bag‘dod ahli chiqdi. Otasi Mahdiy uni Mag‘rib yurtlari, Ozarbayjon va Armanistonga hokim qilib tayinlash bilan mukofotladi”.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “15 yoshli kapitan” emas, 15 yoshli sarkarda