Dunyodagi eng katta suv osti restoranini bilasizmi?(foto)

  • 09 yanvar 2019, 00:52
  • 1 492
  • Dunyo
  • Dunyodagi eng katta suv osti restoranini bilasizmi?(foto)
    Restoran Hurawalhi Maldives Resort mehmonxonasining ichida joylashgan. Anglaganingizdek, u Maldiv orollarida.

    Foto: Hurawalhi Maldives
    Mehmonxona majmuasi Xuraxani orolida joylashgan. U Xulule xalqaro aeroportidan 120 kilometr uzoqlikda.

    Foto: Hurawalhi Maldives
    Marjon qoyalar yaqinida dengiz tubida yashaydigan tropik jonzotlar, ko‘plab baliqlar, akulalar bemalol suzib yuradi.

    Foto: Hurawalhi Maldives
    Siz bu rasmni qo‘rqmasdan tomosha qilyapsiz. Kim biladi akulalardan biri himoya to‘sig‘idan o‘tib, restoranga tushib qolsa nima bo‘ladi?

    Foto: Hurawalhi Maldives

    Foto: Hurawalhi Maldives
    Restoran okean tubida 5,8 metr chuqurlikda joylashgan, ya’ni sho‘ng‘ish uchun eng go‘zal joylardan biri hisoblanadi. U Maledan shimolda joylashgan va o‘z tarkibiga 64 ta u qadar katta bo‘lmagan orollarni qamrab oladi.

    Manba: Kun.uz

    » » Dunyodagi eng katta suv osti restoranini bilasizmi?(foto)