16:10 / 09.01.2019
4 230

MRBning sobiq rahbari Putinni NATO uchun “katta sovgʻa” deb atadi

MRBning sobiq rahbari Putinni NATO uchun “katta sovgʻa” deb atadi
MRBning sobiq rahbari Devid Petreus Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO uchun “eng katta sovgʻa” deb atadi. U bu haqda Hindistondda tashkillashtirilgan Raisina Dialogue konferensiyasida maʼlum qilgan.

Petreusning soʻzlariga koʻra, Putinning hukumat tepasiga kelishi alyansga “mavjud boʻlish uchun yangi sabab” bergan.

Petreusning fikricha, Vashington “yangi geosiyosiy tartib” borasida NATO yordamida bahslashadi. Donald Tramp tomonidan alyans tanqid qilinishiga qaramasdan, Oq uy Yevropada Amerika harbiylari sonini oshirish rejasini rivojlantirishda davom etmoqda, deb qoʻshib qoʻygan isteʼfodagi general.

Avvalroq Tramp NATO aʼzolarini mudofaa uchun xarajatlarni oshirishga chaqirgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MRBning sobiq rahbari Putinni NATO uchun “katta sovgʻa” deb atadi