10:20 / 10.01.2019
3 132

Tadbirkorlikni rivojlantirishning "xitoycha usul"i...

Tadbirkorlikni rivojlantirishning "xitoycha usul"i...
Xitoy yoqilg‘i narxlarini keskin tushirdi - toki odamlar qo‘lida ko‘proq pul qolsin-u, kichik va o‘rta biznes rivojlansin. Ularda aylanma kapital ko‘proq bo‘lsin. Shunda, iqtisodiyot susayishi sharoitida mamlakatda o‘sish va rivojlanish dinamikasini saqlab qolish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Ma’muriy tarzda tanlab olingan davlat gigantlarini emas, balki butun mamlakat miqyosida kichik va o‘rta tadbirkorlikni faollashtirishga urg‘u berilayotgani ahamiyatlidir.

Xitoy oyiga 750 dollardan past bo‘lgan barcha daromadlarni daromad solig‘idan ozod etdi. Ushbu qiymatdan past soliqlar nazorati bo‘yicha ma’muriy, tranzaksiyaviy va ma’naviy sarf-xarajatlar, xitoy hukumati fikriga ko‘ra, byudjetga tushadigan summadan ancha ko‘proqqa aylanadi.

Xitoy soliq idoralari oylik aylanmasi 3000 dollargacha bo‘lgan o‘zini-o‘zi band qilganlar, mikro va kichik biznesga ahamiyat bermaydilar. Mayli, odamlar ishlasinlar, tadbirkorlikda o‘zlarini sinab ko‘rsinlar, bilim va tajriba orttirsinlar, xatolar qilib pishsinlar va yangi loyihalar boshlasinlar. Har bir mardikor yoki uy tozalovchini soliqqa tortishdan, minglab inspektorlar va nazoratchilarni boqishdan ko‘ra shunisi mamlakat uchun foydaliroq.

Hayotga ochiq ko‘z bilan qaraydigan, dono xitoyliklar birovlar mulkini tasarruf etuvchilar, Huquqni muhofaza qilish idoralari va nazoratchilarni rag‘batlashning salbiy ahamiyatini yaxshi biladilar.

Shu sababli, oddiy insonni, kichik tadbirkorni hokimiyat vakillarining suiste’molidan, pora-yu ta’magirlikdan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li – jismoniy va yuridik shaxs daromadining birorta nazoratchi, birorta pogonliyu-pogonsiz inspektor bezovta qilishga haqqi bo‘lmaydigan quyi chegarasini belgilash, deb hisoblaydilar.
Beloruslik iqtisodchi
Yaroslav ROMANChUK

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadbirkorlikni rivojlantirishning "xitoycha usul"i...