19:50 / 10.01.2019
5 100

"Eng badavlat odam"ning rafiqasi ajrashgandan so‘ng qancha boylikka ega bo‘ladi?

"Eng badavlat odam"ning rafiqasi ajrashgandan so‘ng qancha boylikka ega bo‘ladi?
Amerikaning «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning xotini Makkenzi Bezos ajrashgandan keyin 69 milliard dollar olishi mumkin, deb yozmoqda «Bloomberg».

Shunday qilib, Makkenzi Bezos dunyodagi eng badavlat ayolga aylanishi mumkin. Hozirda dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxati birinchi pog‘onasini «L`Oreal» kompaniyasi asoschisining nevarasi Betankur Mayers egallab kelmoqda. Uning boyligi 45,6 milliard dollarga baholanadi.

Bezoslar ajrashish haqida «Twitter» sahifasida ma’lum qilishdi. Ular molu-mulkni qanday bo‘lishishlarini aytishmagandi. Lekin huquqshunoslar fikricha, boylik teng-baravar bo‘linadi.

«Bloomberg» Bezosning boyligini 137 milliard dollarga baholadi. «Forbes» jurnaliga ko‘ra esa, «Amazon» kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 150 milliard dollarni tashkil qiladi.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Eng badavlat odam"ning rafiqasi ajrashgandan so‘ng qancha boylikka ega bo‘ladi?