00:03 / 11.01.2019
5 164

Xitoylik vrachlar urishdan to‘xtagan yurakni 7 soatdan so‘ng ishlashga majbur etishdi…

Xitoylik vrachlar urishdan to‘xtagan yurakni 7 soatdan so‘ng ishlashga majbur etishdi…
Bu ishni Sharqiy Xitoydagi jarrohlar ajoyib tarzda uddalay olishdi. Donorning tanasidan yurakni ajratib olishgach, yetti soat davomida yurak ishlamay turgan. Vrachlar yetti soatdan keyin bo‘lsa-da, nihoyat maqsadiga yetishdi. Yurak qaytadan ishlab ketdi. Aytishlaricha, odatda yurak olti soat ishlamay tursa, uni hayotga qaytarishning umuman imkoni qolmas ekan.

Endi voqeani boshidan eshiting. Sharqiy Xitoyning Futszyan viloyatiga qarashli Fuchjou shahrida yashovchi yigitning yuragini tromb hosil bo‘lishi tufayli almashtirish lozim bo‘lgandi. Unga to‘g‘ri keladigan donorni ham topishdi. Donor 24 yoshli yigit bo‘lib, miya saratoni oqibatida olamdan o‘tgandi. Biroq vrachlar tanani sun’iy hayot ulashish uskunasi yordamida ushlab turishgan ekan. Donor yurak joylashgan manzil mijoz yotgan kasalxonadan uch soatlik yo‘l edi.

— Biz u klinikaga kechqurun soat 9 larga yaqin yetib bordik, — deydi vrach Xuan Ksushan. — O‘shanda donorning yuragi urmayotganiga 10 daqiqa bo‘lgan ekan. Ikki daqiqada yurakni tanadan ajratib oldik…

Yarim tunda vrach o‘zi yashaydigan shaharga yetib keldi. Jarrohlar brigadasi ish boshladi. Soat tungi 2 da yurak transplantatsiyasi amali yakunlandi. Ammo ehtiyot shart yurakni ishga tushirishga shoshilishmadi. Ertalabki soat 4 larda yangi yurak mijozning ko‘ksida yana ura boshladi. O‘sha lahzalarda donor yurakning ishlamay turganiga roppa-rosa 7 soat bo‘lgandi.

— Men bunday qaltis ishlarga kamdan-kam hollarda qo‘l uraman, — dedi vrach Xuan Ksushan. — Chunki ishlashdan to‘xtagan yurak ko‘p vaqt turib qolsa, uni qayta ishga tushirishning imkoni bo‘lmaydi. Bu safargi muvaffaqiyatimizning asosiy sababi shuki, donor yosh, yuragi baquvvat ekan. Ishlamay turgan bo‘lsa-da, o‘ta past haroratda metabolizmni minimum darajagacha tushirib, energiyani saqlab turishgan. Ana shu narsa biz jarrohlarga muvaffaqiyat hadya etdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik vrachlar urishdan to‘xtagan yurakni 7 soatdan so‘ng ishlashga majbur etishdi…