Ukraina huquq tartibot organlari pora tariqasida 200 dollarni olgan chegarachini qo‘lga olishdi. Chegarachi ushbu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina milliy politsiya xizmatiga asosan xabar qildi.
Politsiya xabarida aytilishicha, chegarachi pul evaziga Vengriya chegarasida joylashgan “Lujanka” punkti orqali Yevropa ittifoqi hududiga sigaret olib o‘tilishiga ko‘maklashgan.
“Huquq tartibot organ xodimlari chegarachi bir ming dollar talab qilganligini qayd etishdi... inspektor 200 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Jinoyat ashyosini yo‘q qilish va javobgarlikdan qochish maqsadida chegarachi bu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi”, - deyilgan politsiya xabarida.
Ushbu holat yuzasidan “pora olish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Lujanka” nazoratdan o‘tish joyidan boshqa xodimlarining korrupsiyaga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi