01:13 / 12.01.2019
3 798

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketishni boshladi

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketishni boshladi
AQSh armiyasi matbuot kotibi Suriyadagi AQSh yetakchiligidagi koalitsiya mamlakatdan harbiylarni olib chiqib ketishni boshlaganini bildirdi.
11 yanvar kuni polkovnik Shon Rayan harbiylarni “olib chiqib ketish” amaliyoti boshlanganini aytdi, ammo boshqa tafsilotlarni bermadi.
- Operativ xavfsizlik nuqtai nazaridan, aniq vaqt-soat, joy yoki harbiylar harakatlarini muhokama qilmaymiz, - dedi Rayan.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari guruhi Suriya shimolidagi Hasaka viloyatida AQSh yetakchiligidagi koalitsiya keyingi kunlarda Rmelan havo bazasidagi faoliyatini ozaytirganini xabar qildi. Guruhning ma’lum qilishicha, AQSh harbiylari bazani 10 yanvar kuni tark eta boshlagan.

18 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi taqriban 2 ming amerikalik harbiy olib chiqib ketilishini e’lon qilgan edi. Trampning bu qarori AQSh hamkorlarini hayratga soldi. Tramp ma’muriyati a’zolari ham uning Suriyani tark etish qarorini tanqid qilib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketishni boshladi