Makedoniya parlamenti mamlakat nomining o‘zgartirilishini tasdiqladi

  • 12 yanvar 2019, 10:12
  • 685
  • Dunyo
  • Makedoniya parlamenti mamlakat nomining o‘zgartirilishini tasdiqladi
    Makedoniya parlamenti mamlakatning qayta nomlanishi uchun konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi.

    Tuzatmalar mamlakat nomlanishida “Makedoniya” so‘zi oldidan “Shimoliy” so‘zining qo‘shilishi, chegaralar o‘zgarmasligi va hududiy yaxlitlik kafolati hamda xorijda makedoniyaliklarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘zda tutadi.

    Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayevga qonunni qabul qilish uchun yetarlicha sonda parlamentchilarni ko‘ndirish uchun 3 kun talab qilingan.
    Endi hujjatni Makedoniya prezidenti George Ivanov imzolashi kerak. Makedoniya o‘z nomini NATO va Yevropa Ittifoqiga kirish uchun o‘zgartirmoqchi.

    » » Makedoniya parlamenti mamlakat nomining o‘zgartirilishini tasdiqladi