11:58 / 12.01.2019
4 399

Erdo‘g‘an nasha o‘simligidan sumka va paketlar tayyorlash taklifini kiritdi

Erdo‘g‘an nasha o‘simligidan sumka va paketlar tayyorlash taklifini kiritdi
Prezident tan olib aytdiki, hozir plastik matodan ishlab chiqarilayotgan paketlar hech qachon chirimaydi, ekologiyaga jiddiy ziyon yetkazadi. Demak, ularni nasha o‘simligidan tayyorlangan paketlar bilan almashtirish payti yetdi.

Erdo‘g‘an shu o‘rinda bolaligini esga oldi. Uning aytishicha, qachonlardir onasi ayni shu nasha o‘simligidan paket, sumkalar to‘qib, bozorga qatnagan. Nega aynan nasha o‘simligidan paket tayyorlash kerakligini ko‘pchilik bilsa kerak. Nashadan tayyorlanadigan ip juda pishiq bo‘ladi. Uncha-munchaga uzilmaydi, yirtilmaydi.

— Biz hozirda plastikdan yasalgan paketlarga qarshi urush e’lon qildik, — dedi prezident. — Negaki, bu paketlar 1000 yillar o‘tsa ham chirimasdan, ekologiyani buzadi. Insoniyat hayotiga jiddiy xavf solib turadi. Qolaversa, qachonlardir bizning mamlakatda nasha o‘simligidan futbolkalar, maykalar to‘qilgan. Hozir esa biz o‘sha mahsulotlarni boshqa davlatlardan sotib olmoqdamiz. Bundan buyon importni eksportga aylantirish payti yetdi. Biz hozirning o‘zida shu ishga kirishdik.

Eslatib o‘tamiz, nasha o‘simligi tarkibida narkotik modda mavjudligi bois uni yetishtirish, tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni kuchli nazorat ostida ushlanishi talab etiladi. Turkiyada bugungi kunda 18 ta viloyat nasha o‘simligi yetishtirish uchun davlatdan qisman ruxsat olgan.

Darvoqe, Turkiyada ham 2019 yil 1 yanvaridan plastik paketlar pulli qilib qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an nasha o‘simligidan sumka va paketlar tayyorlash taklifini kiritdi