14:22 / 12.01.2019
10 139

«Sulton Sulaymon qonunbuzar erkaklarni qanday jazolagan?..»

«Sulton Sulaymon qonunbuzar erkaklarni qanday jazolagan?..»
O‘z davrida usmoniylar imperiyasi o‘zining shafqatsiz qonunlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan. Sulton Sulaymon-Qonuniy qonun yaratishda Islom talablaridan kelib chiqib ish tutgan. Ya’ni, shariat qonuni imperiyada asosiy qonun deya hisoblangan.

Hozir ham o‘rta asrlarda yashagan ayollar barcha huquqlardan mahrum holda umr kechirgan deb hisoblaydi. Lekin bunday emas. Usmoniylar imperiyasida ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham alohida qonunlar mavjud bo‘lgan. Masalan, erkak xotini bilan ajrashish uchun uch marta «ajrashaman» so‘zini tilga olsa bas, bu juftlik o‘sha lahzadan bir-biriga nomahram hisoblangan. Ayol ajrashishda tashabbuskor bo‘lsa, qoziga murojaat etishi, yana ajrashish uchun jiddiy sababni ko‘rsatishi lozim edi. Hozir xuddi shu qonun Saudiya Arabistonida amal qiladi. Xo‘p, endi yana usmoniylar imperiyasiga qaytsak. Xullas, erkaklar ikki sabab tufayli sulton tarafidan shafqatsizlarcha jazolangan.

1. Xotinlariga teng munosabatda bo‘lmagan, ulardan qaysisigadir boshqalariga nisbatan kamroq e’tibor qaratsa, moddiy jihatdan kam ko‘mak bersa.
Ma’lumki, usmoniylar imperiyasi davrida erkaklar to‘rttagacha xotin hamda ko‘plab kanizaklarga ega bo‘lishi mumkin edi. Ammo u har biri bilan alohida vaqt o‘tkazishga e’tibor qaratishi, barchalariga bir xil, narxi ham shunday buyumlar, taqinchoqlar, kiyimlar va hokazolar sotib olishi, har birini turar joy bilan ta’minlashi shart hisoblangan. Agar biror xotini yoki kanizagi uning ustidan shikoyat qilsa, sud erkakni katta miqdordagi jarimaga tortgan.

2. Xotiniga xiyonat qilish.
Bu Islomdagi eng dahshatli va kechirilmas gunohlardan biri sanalgan. Xiyonat uchun erkakka birinchi navbatda qamchi jazosi belgilangan. Lekin xuddi hozirgidek ayrim erkaklarning xotinlari, kanizaklaridan biri xiyonatga ham ko‘z yumishga majbur bo‘lgan. Chunki u xiyonati uchun jazolansa, qaytib bu ayolga qaramasligi, u bilan birga yashamasligini bilgan. Atrofida ayollar, qullar ko‘pligini idrok etgan holda chidashga ahd qilgan. Qolaversa, erkakni xiyonatda ayblash uchun to‘rt kishi guvohlik qilishi lozim edi. Agar guvohlardan kimdir yolg‘on ko‘rsatma bersa, uni ham sud hay’ati qamchi jazosiga mahkum etgan.

Usmoniylar qonuniga binoan agar erkak baxti kulib sultonning qizi yoki singlisiga uylansa, u boshqa ayolga uylanish huquqini yo‘qotgan. Basharti sultonning yaqiniga uylangunga qadar erkakning xotini bo‘lgan chiqsa, u bilan darhol ajrashishi talab qilingan.

Agar sultonning qizi, singlisi, opasi yoki yaqin qondoshi eridan xiyonatda shubhalana boshlasa yoki undan ko‘ngli to‘lmasa, o‘zi mustaqil tarzda ajrashishiga ruxsat etilgan. Ajrashgach, bu erkak saroydagi lavozimidan, to‘plagan boyliklaridan ham mahrum etilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Sulton Sulaymon qonunbuzar erkaklarni qanday jazolagan?..»