20:45 / 12.01.2019
5 533

Dunyodagi «eng aqlli» mamlakatlar e’lon qilindi

Dunyodagi «eng aqlli» mamlakatlar e’lon qilindi
Vouchercloud portali tadqiqotchilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ darajasi va maktablardagi o‘zlashtirish hisobga olindi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Yaponiya egalladi. Kunchiqar yurt uchala ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarga Shveysariya, Xitoy, AQSh va Niderlandiya joylashdi. Xitoy aholi zakovat darajasi yuqori bo‘lgani uchun (ikkinchi o‘rin) uchinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, AQShga to‘rtinchi o‘rinda joylashishga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi.

Vouchercloud Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ko‘rsatkichlari yuqoriligiga alohida e’tibor qaratdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli yoshlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylasha olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi «eng aqlli» mamlakatlar e’lon qilindi