Trampning ko‘chmas mulk savdosidan olgan daromadi e’lon qilindi

  • 12 yanvar 2019, 21:53
  • 1 123
  • Dunyo
  • Trampning ko‘chmas mulk savdosidan olgan daromadi e’lon qilindi
    Foto: Korrespondent.net
    Forbes jurnalining hisobiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yilda 35 million dollarga teng ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.

    Ta’kidlanishicha, ushbu summaning yarmidan ko‘pi, ya’ni 20 million dollari Nyu-Yorkdagi turar joy majmuasi savdosidan olingan. Yana Las-Vegasda joylashgan minoraning ichki ob’ektlarining savdosidan 5,5 million dollar tushgan.

    Forbes taxminicha, hozirda Trampning yana 437 million dollarga teng ko‘chmas mulki bo‘lishi mumkin.
    Oldinroq Tramp so‘nggi yillarda katta mol-mulkdan mahrum bo‘lganidan noligandi. Bunga sabab qilib bir vaqtning o‘zida ham biznes yuritish, ham prezidentlik qilish ilojsiz ekanini ko‘rsatgan.

    » » Trampning ko‘chmas mulk savdosidan olgan daromadi e’lon qilindi