16:30 / 13.01.2019
4 169

Meksika va AQSh chegarasida yerosti yo‘li topildi

Meksika va AQSh chegarasida yerosti yo‘li topildi
Meksika va AQShning Arizona shtati chegarasida o‘n metrli yerosti yo‘li topildi. Bu haqda The Hill nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Meksika hukumati mazkur yerosti yo‘lidan ikki mamlakat o‘rtasida giyohvand moddalar va odamlarni o‘tkazishda foydalanilgan deb taxmin qilmoqda. Nashrning qayd etishicha, bu keyingi bir oy davomida aniqlangan uchinchi lahmdir.

O‘tgan yilning avgustida giyohvand modda bilan savdo qiluvchilar foydalanuvchi yerosti yo‘li San Luis shahrida topilgandi. Yerosti yo‘liga olib tushadigan tuynuk tashlandiq KFC restorani ichida bo‘lgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish talabi bilan chiqqan bo‘lib, kongressda devor qurilishi uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘layotgani sababli hukumat ishi to‘xtab qoldi – 22 dekabrdan buyon shatdaun davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksika va AQSh chegarasida yerosti yo‘li topildi