21:25 / 13.01.2019
3 766

Belorussiya muxolifatchilari Rossiya telekanallari namoyishi toʻxtatilishini talab qilmoqda

Belorussiya muxolifatchilari Rossiya telekanallari namoyishi toʻxtatilishini talab qilmoqda
Belorussiyadagi “Belorussiya xalq fronti” muxolifatchi partiyasi vakillari 2019 yilni mamlakatda belorus tili yili deb eʼlon qildi. Bundan unumli foydalangan holda ular mamlakat ichkarisida asosan belorus tilida gapirishni barchadan talab qilmoqda.

Jurnalistlardan esa Rossiya haqida axborotlar tarqatish bas qilinishini talab qilishgan. Ularning aytishicha, Belorussiya ichkarisida Rossiya telekanallari oʻrnini yo mahalliy, yo Yevropa telekanallari egallashi kerak emish. Bundan tashqari, taʼlim sohasida ham faqat davlat tili hukm surishi shart ekan.

— Rossiya telekanallari ikki davlatni bir-biriga yovlashtirish uchun xizmat qilyapti, — deyishdi muxolifatchilar. — Bunday telekanallarni yoʻq qilish kerak. Ularning bizga keragi yoʻq…

Muxolifatchilar yana shuni taʼkidladiki, beloruslarning koʻpchiligi allaqachon Rossiya telekanallarinigina tomosha qilishga, oʻzaro rus tilidagina muloqot qilishga odatlanishgan. Agar ahvol shunday davom etadigan boʻlsa, Rossiya tanklari bir kun mamlakatga kirib keladi-yu, ruscha gapirmaydiganlarni qira boshlaydi. Ruscha gapirganlarni esa himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belorussiya muxolifatchilari Rossiya telekanallari namoyishi toʻxtatilishini talab qilmoqda