00:06 / 15.01.2019
4 483

Armaniston prezidenti Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi

Armaniston prezidenti Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi
Armanistonning yangi parlamenti ilk yig‘ilishida mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir etib ushbu lavozimni vaqtinchalik bajargan Nikol Pashinyanni tayinladi. Tegishli farmon prezident saytida joylashtirilgan.

Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat prezidenti parlament vakolatlari muddati boshlanishi bilanoq ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.

Vazirlar mahkamasi bosh vazir tayinlangandan keyin 15 kunlik muddat ichida shakllantiriladi. So‘ngra bosh vazir 20 kun ichida parlamentga vazirlar mahkamasi dasturini taqdim qilishi kerak.

Dekabrdagi saylovlarga ko‘ra shakllantirilgan Armaniston parlamenti 132 deputatdan iborat bo‘ladi: hukmron blok “Mening qadamim” 88 o‘rin, “Gullayotgan Armaniston” va “Yorug‘ Armaniston” mos ravishda 26 va 18 o‘rin oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston prezidenti Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi