Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu AQSh prezidenti Donald Trampni Anqara Suriyadagi kurd kuchlariga qarshi hujum qilsa, AQSh unga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rishi haqidagi tviti uchun tanqid qildi. Chovusho‘g‘lu bu haqda NTV telekanali efirida aytib o‘tgan.
“Strategik sheriklik mavzulari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmaydi. Bizda AQSh bilan aloqa uchun rasmiy kanallar ochiq. Trampga Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqmaslik uchun katta bosim o‘tkazilayotganini va u murakkab vaziyatda qolganini ko‘rmoqdamiz. Biroq shunga qaramay bunday mavzularni ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish yaramaydi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Uning aytishicha, Turkiya tahdidlardan qo‘rqmaydi, AQSh va boshqa davlatlar Anqarani hurmat qilishi lozim.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Suriyaning Manbiji va Frotdan sharq tomonidan kurd kuchlarini olib chiqmasa, ularga qarshi operatsiya boshlashga tayyorligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi