15:15 / 15.01.2019
4 170

8 yoshli falastinlik bola 8 oyda Qur’onni to‘liq yod oldi

8 yoshli falastinlik bola 8 oyda Qur’onni to‘liq yod oldi
Al-Bayan nashrining xabar berishicha, G‘azo sektorining Jabaliya shahrida yashaydigan Ali Ivaz sakkiz yoshga to‘lgan. U bundan sakkiz oy avval Qur’oni karimni yod olishni boshlagan edi. Avval Kalomullohdan bir betini eshitib yod olgan. Ohistalik bilan ma’lum vaqt o‘tib, betlar sonini oshirib borgan. Nihoyat bir kunda 16 bet yod olishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa Allohning irodasi bilan sakkiz oyda muqaddas kitobni to‘liq yod olishga muvaffaq bo‘ladi. U har kuni Qur’onning 45 betini yoddan takror qilar ekan. Ma’lum bo‘lishicha, Ali shu kunlarda G‘azo sektoridagi eng yosh hofizi Qur’on hisoblanadi.

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 8 yoshli falastinlik bola 8 oyda Qur’onni to‘liq yod oldi