00:30 / 16.01.2019
5 853

Kim kimni boqyapti?..

Kim kimni boqyapti?..
Yevropa ittifoqining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport-import ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.
Ushbu hisobotda qayd etilishicha, 2017 yilning noyabr oyidan 2018 yilning oktyabr oyigacha bo‘lgan oraliqda YeI mamlakatlari boshqa mamlakatlarga 137,6 mlrd. yevro qiymatidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib, 115,2 milliard yevrolik mahsulotni import qilgan.

Eksport. Yevropa ittifoqi o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilayotgan mamlakatlar: AQSh (21,8 mlrd. yevro), Xitoy (11,1 mlrd.), Shveysariya (8 mlrd.), Yaponiya (6,6 mlrd.), Rossiya (6,5 mlrd.).

Import. YeI ga mahsulot yetkazishda yetakchi mamlakatlar: Braziliya (12 mlrd. yevro), AQSh (11,5 mlrd.), Xitoy (5,5 mlrd.), Argentina (5,1 mlrd.), Ukraina (5,1 mlrd.).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim kimni boqyapti?..