09:30 / 16.01.2019
3 822

Eron kecha sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi

Eron kecha sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi
Eron 15 yanvarda sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi. Qurilma belgilangan orbitaga chiqa olmagan, deb xabar berdi Eron televideniyesiga tayanib Kun.uz nashri.

Eronning telekommunikatsiya ishlari vaziri Muhammad Javod Azariyning aytishicha, muvaffaqiyatsizlik raketa-tashuvchining 3-pog‘onasidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lgan.

Tehrondagi Amirkabir texnologik universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Payom-a-Amirkabir” sun’iy yo‘ldoshi kosmik observatoriya bo‘lib xizmat qilishi kerak bo‘lgan. Ushbu qurilma Eron hududi suratlarini uchta spektrda uzatishi va koinotda radiatsiya nurlanishi o‘lchovlarini olib borishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron kecha sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi