23:15 / 16.01.2019
4 176

Qirg‘izistonda amaldor tashqi ko‘rinishi sababli parlamentdan chiqarib yuborildi

Qirg‘izistonda amaldor tashqi ko‘rinishi sababli parlamentdan chiqarib yuborildi
Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputatlar boshlang‘ich kasb ta’limi agentligi xodimi Talantbek Tinisovning tashqi ko‘rinishini tanqid ostiga olishdi.

Deputatlardan biri agentlikni kim bildirishini so‘raganda, amaldor o‘rnidan turib, moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i ekanini ma’lum qilgan.

Deputat nima uchun Tinisov yig‘ilishga futbolkada kelganini so‘ragan. Bunga javoban amaldor uning egnida jemper ekanini va yig‘ilishga kasal bo‘lib qolgan rahbari o‘rniga kelishiga to‘g‘ri kelganini aytgan.

“Jogorku Keneshda kiyish kerak bo‘lgan kiyim haqida tartib-qoida bor. Bu nimasi? Jogorku Kenesh apparati, nega bunga qaramaysiz? Hukumat apparati va vazirlar mahkamasi vakili, bu nimasi? Bozormi?”, deb achchiq bildirgan vitse-spiker Mirlan Bakirov.

Bakirov amaldor taklif qilinganlar ro‘yxatida yo‘qligini aytgan va undan yig‘ilish zalini tark etishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda amaldor tashqi ko‘rinishi sababli parlamentdan chiqarib yuborildi