09:00 / 17.01.2019
6 002

Eng ko‘p millionerlar qayerda yashashini bilasizmi? (reyting)

Eng ko‘p millionerlar qayerda yashashini bilasizmi? (reyting)
«Wealth-X» konsalting kompaniyasi 2023 yilgacha millioner fuqarolari ulushi eng tez ko‘payadigan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingni hisoblashda shaxsiy hisobida 1 milliondan 30 million dollargacha bo‘lganlar ko‘zda tutildi.

Yetakchi o‘nlikni Nigeriya boshqarmoqda — mamlakatda millionerlar soni 2023 yilgacha 16,3 foizga o‘sadi.

Ikkinchi o‘rindan o‘ninchi o‘ringacha quyidagicha ko‘rinish oldi: Misr (12,5 foiz), Bangladesh (11,4 foiz), Vetnam (10,1 foiz), Polsha (10 foiz), Xitoy va Keniya (9,8 foizdan), Hindiston (9,7 foiz), Filippin (9,4 foiz) va Ukraina (9,2 foiz).

2018 yil oxiriga kelib jahonda 1 milliondan 30 milliongacha mablag‘i bor kishilar soni 22,4 million nafarni tashkil etdi.
Bu insonlar shartli ravishda «High Net Worth» (HNW) deya toifalanadi.

Barcha HNW larning qariyb 75 foizi o‘n mamlakatda yashaydi: AQSh (8,6 mln. kishi), Xitoy (1,9 mln.), Yaponiya (1,6 mln.), Germaniya (1 mln.), Buyuk Britaniya (894 ming kishi), Fransiya (877,4 ming), Kanada (505 ming), Janubiy Koreya (476,7 ming), Avstraliya (473,6 ming) va Italiya (418 ming kishi).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ko‘p millionerlar qayerda yashashini bilasizmi? (reyting)