17:47 / 17.01.2019
3 954

Ramzan Qodirov Donbassda chechenistonliklar bataloni borligini inkor qildi

Ramzan Qodirov Donbassda chechenistonliklar bataloni borligini inkor qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Donbassda chechen batalonlari jang qilmayotganiga ishonch bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

«Bizda mavjud inkor etilmagan ma’lumotlarga ko‘ra, chechenistonliklardan tarkib topgan hech qanday batalon Donbassda yo‘q. Mavjud jangarilar esa Ukrainada ko‘ngilli sifatida yollangan noqonuniy ta’qiblar qurboni bo‘lganlar yohud qamoqdan qo‘yib yuborilgan jinoyatchilardir»,— deydi Qodirov.

Checheniston rahbari batalonlar haqida The Times nashri yozganini eslatdi. Nashr jurnalisti Ukrainada o‘zini Donesk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi deb e’lon qilganlarga qarshi jang qilayotganlar orasida Checheniston bataloni borligi haqida yozgandi.

2015 yilda Ramzan Qodirov chechenistonliklar Ukrainada DXR va LXR tomonida jang qilganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Donbassda chechenistonliklar bataloni borligini inkor qildi