13:23 / 19.01.2019
4 901

Avstraliyada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi

Avstraliyada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi
Avstraliyada rekord darajadagi issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.
Xabar berilishicha, Avstraliyada kunduzi harorat o‘rtacha +40 darajaga yetgan, tunda esa havo haroati +35,9 darajani tashkil qilgan.
Qisqa vaqti ichida haroratning +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Meteorologlarning so‘zlariga ko‘ra, havo harorati butun Avstraliya bo‘ylab o‘ndan ortiq joyda rekordlarni qayd etgan.
Bunday issiq harorat yovvoyi hayvonlarning o‘limiga, o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan. Janubiy Avstraliyada jazirama sababli 16 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Bir nechta shtatda rasmiylar odamlarni uyda qolishga va kamroq jismoniy harakat qilishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada rekord darajadagi issiq harorat qayd etildi