16:09 / 19.01.2019
5 175

Putinning reytingi rekord darajada tushib ketdi

Putinning reytingi rekord darajada tushib ketdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonch reytingi 2006 yildan beri rekord darajadagi minimumga tushib ketdi, deb xabar berdi «Daryo.uz».
Hozirgi kunda Putinga rossiyaliklarning 33,4 foizigina ishonadi. So‘rovnoma natijalari Rossiya sotsiologik markazi tomonidan e’lon qilindi.

Sotsiologlarning fikricha, hozirda president ishini 62,1 foiz rossiyaliklar qo‘lllab-quvvatlaydi. Bosh vazir va hukumat ishini esa 35 foiz va 39,5 foiz kishilar mos ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga jamoatchilik fikri fondi tomonidan o‘tkazilgan boshqa so‘rovga ko‘ra, rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi (54 foiz) so‘nggi oyda mamlakat hukumati ularning noroziligiga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
So‘ralganlarning 70 foizi esa so‘nggi oyda atrofdagilardan hukumat haqida tanqidiy fikr eshitganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning reytingi rekord darajada tushib ketdi