01:29 / 20.01.2019
8 857

Tojikistonlik yigit singlisining qallig‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi

Tojikistonlik yigit singlisining qallig‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi
Tojikistonda yashovchi 25 yoshli Elyor To‘xtayev anchadan beri singlisining qallig‘i 19 yashar Vali Orifzodaga nisbatan tish qayrab yurardi. Yo‘q, yigitning o‘zi juda tartibli, aqlli va shinavanda edi. Singlisi bilan to‘yni cho‘zib uzoq vaqtdan beri uchrashib yurishi yoqmasdi.

Oxiri alamidan chiqishga ahd qildi. Yaqinda kechasi bo‘lg‘usi kuyovni ko‘chada poylab turdi. Kelgach, Valini ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, murdasini ariqqa oqizib yubordi.
Hozirda Elyor qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonlik yigit singlisining qallig‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi