Afgʻonistonlik narkobaron oʻgʻirlab ketilgan tojikistonlik choʻpon uchun 40 ming dollar tovon puli talab qilmoqda

  • 20 yanvar 2019, 08:20
  • 3 627
  • Dunyo
  • Afgʻonistonlik narkobaron oʻgʻirlab ketilgan tojikistonlik choʻpon uchun 40 ming dollar tovon puli talab qilmoqda
    Tojikistonning Mishkoron qishlogʻida yashovchi 42 yoshli choʻpon Toʻraxon Nurmatovni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida istiqomat qiladigan narkobaron 2019 yil 1 yanvar kuni oʻgʻirlab ketgan. Choʻponning yaqinlariga esa uning oʻzi qoʻngʻiroq qilib, choʻpon sogʻ-omon ekanini aytdi. Lekin 40 ming dollar evaziga qaytarib berishini ham qistirib oʻtdi.

    Narkobaron yana shu narsani alohida taʼkidladiki, oʻtgan yili shu qishloqdagi bir odamga geroin narkotik moddasini berib yuborgan. Ammo narkotik ham, pul ham kelib qoʻliga tushmagan. Shundan keyin narkobaron oʻsha odamning uyini va xotinini tortib olgan. Choʻpon esa shu alamning davomi ekan. Agar aytilgan vaqtda 40 ming dollar pul olib borilmasa, choʻponni oʻldirib yuborarkan.

    Qarangki, choʻpon Toʻraxon Nurmatovni qidirishga harbiylar ham jalb etilgandi. Qidiruv jarayonida mayor unvoniga ega Suxanvar Olimiyon ismli harbiy tasodifan oʻq kelib tegishi oqibatida halok boʻldi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Afgʻonistonlik narkobaron oʻgʻirlab ketilgan tojikistonlik choʻpon uchun 40 ming dollar tovon puli talab qilmoqda