08:44 / 20.01.2019
4 784

OAV: AQSH suriyalik kurdlarga zamonaviy qurol bergan

OAV: AQSH suriyalik kurdlarga zamonaviy qurol bergan
AQSH qoʻshinlarining Suriyadan chiqarilishiga qarshi boʻlayotgan amerikaliklar suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga zamonaviy qurol bergan. Bu haqda Yeni Akit nashriga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, gap katta sondagi “Javelin” va “Tou” tanklarga qarshi raketa majmualari haqida ketmoqda. Taxmin qilinishicha, kurdlar bu qurollarni yaqin orada Suriya shimolidagi Manbijga kirmoqchi boʻlayotgan turk tanklariga qarshi qoʻllaydi.

Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda turk boʻlinmalari bu majmualarni qidirmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, aynan shu sababli Turkiya Manbijdagi harbiy operatsiyasini boshlamay turibdi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan agar AQSH Frot daryosidan sharqdan va Manbijdan kurd kuchlarini olib chiqmasa, unda Anqara ularga qarshi operatsiya boshlashini aytgan. Keyinroq Erdoʻgʻan AQSH prezidenti Donald Tramp bilan 14 dekabrdagi telefon muloqotidan soʻng harbiy operatsiyani qoldirishga qaror qilganini maʼlum qilgan. Muloqot natijalariga koʻra, Tramp Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: AQSH suriyalik kurdlarga zamonaviy qurol bergan