17:42 / 20.01.2019
4 114

Afg‘onistonning amaldagi rahbari prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ydi

Afg‘onistonning amaldagi rahbari prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ydi
Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani 2019 yilgi prezident saylovida qatnashish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi.

"Iyulda bo‘ladigan saylovda Amrullo solih va Sarvar Donish bilan bir jamoada nomzodimni ro‘yxatga qo‘yish men uchun sharafdir. Biz davlat quruvchilari bo‘lganimiz tufayli e’tiborimizni kuchli, mustaqil davlat barpo etishga qaratamiz", deb yozdi G‘ani Twitter sahifasida.

Afg‘onistonda prezident saylovi 20 iyulda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Prezidentlik uchun kurashga Afg‘oniston sobiq bosh vaziri, Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor, "Afg‘oniston milliy kongressi" partiyasi rahbari Latif Pedram, Afg‘oniston Xalq-demokratik partiyasining sobiq faoli Muhammad Hakim Torsun, sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul, sobiq ichki ishlar vaziri Nur Ul Haq Ulyumi, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Masud fondi rahbari Ahmad Vali Masud kirishishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning amaldagi rahbari prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘ydi