10:53 / 22.01.2019
3 701

2019 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi

2019 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi
Foto: Shutterstock
Buyuk Britaniyaning Trailfinders kompaniyasi ekspertlari 2019 yilning eng istiqbolli uchta sayyohlik yo‘nalishini aniqladi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Sayyohlar 2019 yilda Nepal, Argentina va Janubiy Afrikaga eng ko‘p qiziqish bildiradi. Mazkur mamlakatlarda kutilayotgan muvaffaqiyatning sababi sifatida dam olish uchun ketadigan mablag‘ni tejash imkoniyati ko‘rsatilmoqda. Misol tariqasida JARda mashina ijarasining arzonligi va mamlakat milliy valyutasining dollar va yevroga nisbatan past kursi keltirilgan.

Ekspertlarning fikricha, Argentinaning sayyohlik bozorida istiqbolliligi mamlakatda mehmonxona, xostel va shu kabilarga to‘lov qilish chog‘ida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bekor qilingani bilan tushuntirilmoqda. Sayyohlar yashash joyi uchun xarajatlaridan 20 foizgacha tejashi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ma’lum qilindi