21:53 / 22.01.2019
3 921

“Oskar” mukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi

“Oskar” mukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi
Los-Anjelesda joriy yilda “Oskar” mukofotini olishga nomzodlar ma’lum qilindi.

Eng yaxshi film
Bosh sovrin – “Eng yaxshi film” yo‘nalishidagi mukofot uchun nomzodlar sifatida rejissyor Brayan Singerning “Bogema rapsodiyasi” (Bohemian Rhapsody) filmi, Bredli Kuperning “Yulduz tug‘ildi” (A Star is Born) melodramasi, Alfonso Kuaronning “Roma” (Roma) dramasi, Piter Farrellining “Yashil kitob" (Green Book) filmi, rejissyor Spayk Lining “Qora klanchi” (BlacKkKlansman) filmi, rejissyor Adam Makkeyning “Hokimiyat” (Vice) filmi, Rayan Kuglerning “Qora pantera” (Black Panther) jangari filmi, Yorgos Lantimosning “Mahbuba” (The Favourite) komediyasi e’lon qilindi.

Eng yaxshi aktrisa
“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida “Oskar” olishga nomzodlar ro‘yxatiga Yalitsa Aparisio (“Roma”, Roma), Ledi Gaga (“Yulduz tug‘ildi”, A Star is Born), Glenn Klouz, (“Rafiqa”, The Wife), Oliviya Kolman (“Mahbuba”, The Favourite) va Melissa Makkarti (“Meni kechira olasizmi?”, Can You Ever Forgive Me) kiritildi.

Eng yaxshi aktyor
“Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida “Oskar”ni olishga Kristian Beyl (“Hokimiyat”, Vice), Bredli Kuper (“Yulduz tug‘ildi”, A Star Is Born), Rami Malek (“Bogema rapsodiyasi”, Bohemian Rhapsody), Uillem Defo (“Van Gog. Abadiylik ostonasida”, At Eternity"s Gate) va Viggo Mortensen (“Yashil kitob”, Green Book) da’vogarlar sifatida e’lon qilingan.

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa
“Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” yo‘nalishida “Oskar”ni Emi Adams (“Hokimiyat”, Vice), Emma Stoun (“Mahbuba”, The Favourite), Rejina King (“Bil-strit gapira olganda”, If Beale Street Could Talk), Reychel Vays (“Mahbuba”, The Favourite) va Marina De Tavira (“Roma”, Roma) olishi mumkin.

Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor
“Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” yo‘nalishida “Oskar”ga Maxershala Ali (“Yashil kitob”, Green Book), Sem Rokuell (“Hokimiyat”, Vice), Richard Grant (“Meni kechira olasizmi?”, Can You Ever Forgive Me), Adam Drayver (“Qora klanchi”, BlacKkKlansman) va Sem Elliott (“Yulduz tug‘ildi”, A Star Is Born) da’vogarlik qiladi.

“Oskar”ning 91-taqdimoti 24 fevralda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Oskar” mukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi