06:53 / 23.01.2019
5 719

Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)

Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)
"Yuventus" muxlisasi Yelena Di Martino yuzidan Krishtianu Ronaldu tepgan to‘pni qabul qilib olgach shifoxonaga olib ketildi.
Portugaliyalik futbolchi "Kevo"ga qarshi bahs oldidan o‘tgan mashg‘ulotlar jarayonida tepgan to‘p kutilmaganda Yelenaning yuziga kelib urildi. U shu zahoti shifoxonaga olib ketildi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Keyinchalik turinlik muxlisa o‘zining Facebook sahifasida quyidagicha yozuv qoldirdi: "Krishtianuning zarbasini yuzga qabul qilib olish - har kuni ham sodir bo‘lavermaydi. Qolaversa, men u bilan uchrashuv kunini kutyapman. U meni taklif etishi kerak".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu muxlisasining burnini sindirib qo‘ydi (foto)