Xitoyda deyarli o‘lish pallasidagi bemorni vrachlar 2,5 soat deganda hayotga qaytara olishdi

  • 23 yanvar 2019, 08:53
  • 1 420
  • Dunyo
  • Xitoyda deyarli o‘lish pallasidagi bemorni vrachlar 2,5 soat deganda hayotga qaytara olishdi
    Bu voqea 2019 yil 2 yanvar kuni Xitoyning Lyaonin viloyatidagi an’anaviy tibbiyot universiteti qoshida joylashgan kasalxonada yuz berdi. Chjan ismli bemor 150 daqiqa davomida klinik o‘lim holatida yotdi. 20 kishidan iborat vrachlar brigadasi esa uni hayotga qaytarishga ahd qilishgandi.

    150 daqiqa davomida 15 ming martaga yaqin yurakni uqalash amali ado etildi. Vaholanki, yurakni jonlantirish amali Xitoyda nari borsa 50 daqiqa davom etadi. Ammo mutaxassislar Chjan misolida bundan-da yuqoriroq darajaga yetish mumkinligini isbotlash niyatida edilar. Shuning uchun tibbiy uskunalar Chjanning yuragi to‘xtash arafasida qolganini ko‘rsatsa ham ortga chekinishmadi.

    Qarabsizki, Chjan xudoning qudrati bilan hayotga qaytdi. Uning yuragi odatiy me’yorda ura boshladi. Dahshatlisi, bemorning oila a’zolari uyda dafn marosimiga hamma narsani taxt qilib qo‘ygan ekan. Shunday qilib, dafn marosimi ko‘p yillar keyinga surildi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Xitoyda deyarli o‘lish pallasidagi bemorni vrachlar 2,5 soat deganda hayotga qaytara olishdi