14:12 / 23.01.2019
5 986

Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat”

Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat”
“Salom, yigitlar, ishlar qalay? Uka, mening kuchim qolmadi. Nantda bir qator ishlar qildim, hozir sochilib ketishi mumkin bo‘lgan samolyotda Kardiffga uchyapman. Ertaga hammasi boshlanadi, kunduzi yangi jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan. Aka-ukalar, opa-singillar qalay? Hammasi yaxshimi? Yana bir yarim soatdan so‘ng mendan yangiliklar bo‘lmasa, bilmayman, kimdir meni qidiradimi. Balki meni topishning imkoni bo‘lmas. Xudoyim, qanday dahshat”,— deydi Sala yuborgan ovozli xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning “Nant” klubini tark etib, argentinalik futbolchi “Kardiff” safiga qo‘shilish uchun Uelsga uchgan, xususiy samolyot (“Kardiff”ga tegishli ekanligi va uning texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi aytilmoqda) La-Mansh bo‘g‘ozi ustida radarlarda ko‘rinish bermay qolgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat”