Timoshenko: «Prezidentlikni eplolmasam 100 kundan keyin iste’foga chiqaman»

  • 23 yanvar 2019, 16:33
  • 2 304
  • Dunyo
  • Timoshenko: «Prezidentlikni eplolmasam 100 kundan keyin iste’foga chiqaman»
    Foto: «Glavred»
    Ukrainaning sobiq bosh vaziri, «Batkivщina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko mamlakat prezidentligi uchun saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Kiyevda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda Timoshenko Ukraina zudlik bilan islohotlar o‘tkazishga muhtojligini bildirdi.

    Sisatchi xonim prezidentlikka saylansa davlatning Milliy bank ustidan to‘liq nazoratini o‘rnatishga, aholining daromadlarini oshirishga va soliqlarni kamaytirishga va’da berdi.

    «Mening maqsadim — Buyuk Ukraina. Shuning uchun prezidentlikka nomzodimni qo‘ydim», — ta’kidladi Timoshenko.

    Timoshenko mamlakat uchun og‘riqli masalalar — Qrim va Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deya e’lon qilgan respublikalar masalasiga ham to‘xtaldi. U bu hududlarni Budapesht memorandumi asosida tinch yo‘l bilan qaytarishga umid qilyapti.

    Eslatib o‘tamiz, Timoshenko 1994 yili ham prezidentlikka nomzodini ilgari surgan, biroq Viktor Yanukovichga yutqazgandi. Keyinchalik unga qarshi jinoyat ishi ham ochilgan. 2014 yili, «maydon» voqealaridan so‘ng u yana siyosatga qaytdi.

    Eng qizig‘i, Yuliya Timoshenko g‘alati bir va’da ham berdi: agarda xalq uni prezidentlikka saylasa, u esa ko‘ngildagidek ishlay olmasa 100 kundan so‘ng lavozimidan iste’fo beradi...

    So‘rovnomaga ko‘ra, ayni paytda prezidentlikka nomzodini qo‘yganlar orasida xalq ishonchini qozonish borasida Timoshenko 20,8 foiz ko‘rsatkich bilan raqiblarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda. Masalan, ikkinchi o‘rindagi Vladimir Zelenskiyga saylovchilarning 13,4 foizi, amaldagi prezident Petr Poroshenkoga faqat 11,1 foizi ishonmoqda.

    » » Timoshenko: «Prezidentlikni eplolmasam 100 kundan keyin iste’foga chiqaman»