17:20 / 23.01.2019
4 549

Nurmagomedovning otasi Xabib uchun 3 nafar raqib topdi

Nurmagomedovning otasi Xabib uchun 3 nafar raqib topdi
Aralash yo‘nalish (MMA) jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘li faoliyatini yakunlashdan oldin uchrashishi mumkin bo‘lgan uch nafar sportchini ma’lum qildi. U bu jangchilar ismini Instagram’da yozgan.

Katta Nurmagomedovning ma’lum qilishicha, o‘g‘li MMA jangchilari Jorj Sen-Per va Toni Fergyuson, shuningdek bokschi Floyd Meyuezer bilan jang qilishi kerak. «Uch yigit. Keyin u faoliyatini tugatib, tarixdagi eng buyuk sportchi bo‘la oladi», - deya yozgan sportchining otasi.

Dekabr oyida Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘li faoliyati yakuniga qadar uch yoki to‘rtta jang o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Ulardan faqat bittasi Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) shafeligi ostida bo‘lib o‘tadi. Jangchi promoushenning yengil vazndagi chempioni sanaladi, u oktyabr oyida irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, unvonini himoya qildi.

Shundan so‘ng 30 yoshli sportchi oktagonga chiqmadi. U Meyuezerni jangga chaqirdi, biroq bokschi bahs boks qoidalariga muvofiq bo‘lib o‘tsa faoliyatini tiklashga rozi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nurmagomedovning otasi Xabib uchun 3 nafar raqib topdi