20:57 / 23.01.2019
5 114

Yaponiyaga 4 tonna oltin olib kirgan 2 nafar isroillik hibsga olindi

Yaponiyaga 4 tonna oltin olib kirgan 2 nafar isroillik hibsga olindi
Yaponiya politsiyasi kontrabanda yo‘li bilan umumiy qiymati 20 milliard iyen (taxminan 183 million AQSh dollar) bo‘lgan to‘rt tonna oltin olib kirishda gumon qilingan ikki nafar Isroil fuqarosini hibsga olgan, deya xabar beradi «Daryo».

Ma’lum bo‘lishicha, ular qimmatbaho metallarni Gonkongga Tokioning Narita xalqaro aeroporti orqali yetkazgan.
Hibsga olingan Isroil fuqarolari noqonuniy faoliyat bilan 2017 yildan buyon shug‘ullanib kelgan va Yaponiyaga 50 marotabadan ko‘p noqonuniy yo‘l bilan oltin olib kirgan.

Rasmiy ravishda ularning kichik xususiy kompaniyalari mavjud bo‘lgan va Tokioda yashagan.
Yaponiyada Gonkong va Janubiy Koreyadan oltin olib kirish holatlari ko‘p uchraydi. Qimmatbaho metall narxi u yerda past va jinoyatchilar bundan oltin oldi-sotdisida foyda olishga harakat qiladi. Masalan, 2017 yilda Yaponiyada 300 kilogrammdan ziyod kontrabanda oltini qo‘lga olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyaga 4 tonna oltin olib kirgan 2 nafar isroillik hibsga olindi