22:47 / 24.01.2019
6 891

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasi yaqinida chegarani buzgan shaxs otib tashlandi

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasi yaqinida chegarani buzgan shaxs otib tashlandi
Qirg‘iziston-Qozog‘iston davlat chegarasi uchastkasida Qirg‘iziston tomonidan qurol ishlatilgan holda 23 yanvar kuni hodisa yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat Chegara xizmati ma’lum qildi.

Xizmatning xabar berishicha, Talas viloyatining Jayilgan degan joyida uch nafar noma’lum shaxs davlat chegarasi orqali Qirg‘izistondan Qozog‘istonga 10-15 ta otni qonunga zid ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan. «Hodisa joyiga chegara naryadi yetib keldi, hamda chegara buzuvchilarni ushlash maqsadida tadbirlar ko‘rdi. Ammo ushlashga urinish chog‘ida noma’lum shaxslar chegarachilarga pichoq ishlatgan holda qarshilik ko‘rsatdi», – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida chegarachilar havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdi. DChXning ta’kidlashicha, chegara naryadining ogohlantirishiga qaramay qonun buzuvchilari chegarachilarning talabiga bo‘ysinmadi va qarshilik ko‘rsatishda davom etishdi, shundan so‘ng chegara naryadi qonunbuzuvchilarga qarata o‘q otishga majbur bo‘ldi, buning natijasida chegara buzuvchilardan biri jarohat oldi. Ikki nafari Qozog‘iston hududlariga o‘tib, yashirinishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘qdan jarohat olgan shaxs vafot etdi. U Qozog‘iston fuqarosi edi. Bu haqda Qozog‘iston MXQ chegara xizmati matbuot kotibi Qanatbek Sultanov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, gumondorlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, tekshiruvlar hodisa yuz bergan joy yaqinidagi Taraz chegara otryadining «Jasorken» zastavasi atrofida olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasi yaqinida chegarani buzgan shaxs otib tashlandi