18:13 / 26.01.2019
4 094

Maymun ham farroshning ishlarini bajardi

Maymun ham farroshning ishlarini bajardi
Xitoyning Shenyan shahridagi hayvonot bogʻida 18 yoshli “Mey Su” laqabli shimpanze bogʻ farroshlariga havasi ketibdimi, avval ularning ishini diqqat bilan kuzatib turdi-da, keyin supurgi berishlarini talab qila boshladi. Ishchilar uning qoʻliga supurgi tutqazishdi.

Ishonasizmi, maymun qoʻliga supurgi tekkach, farroshlar qanday supurgan boʻlsa, oʻzi yashaydigan qafas ichini shunday supur-sidir qildi. Barglarni yigʻib bir burchakka toʻplashni ham unutmadi.

Ishchilar azbaroyi hayratga tushganlaridan tashqaridan turib atayin qafasga barglarni tashlashdi. Maymun esa sira erinmasdan ularni yigʻishtiraverdi.

Bogʻ xodimlarining aytishicha, shimpanze ichimlik toʻla shisha idish qopqogʻini ochib, mustaqil tarzda chanqogʻini qondira oladi. Bundan tashqari, oldiga koptok tashlasangiz, berilib oʻzi bilan oʻzi futbol oʻynaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maymun ham farroshning ishlarini bajardi