23:43 / 26.01.2019
4 430

Braziliyada Maduroning qochishi uchun “yoʻlak” tashkil qilish taklif etildi

Braziliyada Maduroning qochishi uchun “yoʻlak” tashkil qilish taklif etildi
Braziliya vitse-prezidenti Antoniu Amilton Mourau Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning yaqinlari mamlakatni tark etishi uchun “yoʻlak” tashkil qilish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

“Menimcha, boshqa mamlakatlar oldida muhim vazifa turibdi – Maduro va uning qoʻl ostidagilar uchun chiqib ketishni taʼminlash. Qochish uchun yoʻlak boʻlishi kerak”, degan vitse-prezident telekanalga bergan intervyusida.

Avvalroq Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru muxolif parlament rahbari Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini maʼlum qilgandi.
Oʻz navbatida Nikolas Maduro Venesuela oʻz ideallarini himoya qilishi, davlat toʻntarishlari davri oʻtganligini aytdi.

“Biz chuqur tarixiy ildizlarga ega mamlakat ideallarini himoya qiladigan va vatanini hech qachon sotmaydigan boʻysunmas xalqmiz. Bizni hech kim boʻysundira olmaydi, bosqinlar va davlat toʻntarishlari davri tugadi. Biz hech qachon taslim boʻlmaymiz!”, deb yozdi u tvitterda.
Avvalroq Yevroittifoqning uch davlati Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olish shartini maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada Maduroning qochishi uchun “yoʻlak” tashkil qilish taklif etildi