08:48 / 27.01.2019
5 080

Moskvalik qiz sobiq sevgilisini oʻldirish uchun killer yolladi…

Moskvalik qiz sobiq sevgilisini oʻldirish uchun killer yolladi…
Bu voqea aslida 2017 yili sodir boʻlgan. Moskva shahrida yashovchi 20 yoshli Mariya Rebgun sobiq sevgilisini oʻldirish uchun 23 yoshli Vladislav Gorbakovskiyni killer sifatida yollab, oʻldirilishi kerak boʻlgan yigitning surati, yashash manzili haqidagi axborotlarni taqdim etdi. Oʻsha yil sentyabr oyida killer yigit yashaydigan uy podyezdi yonida qoʻlida bolta bilan hozir boʻldi.

Jabrlanuvchi tashqariga chiqqach, unga bolta bilan hujum qildi. Oqibatda jabrlanuvchi jiddiy tigʻ jarohatlari tufayli hushidan ketdi. Killer esa uni oʻldi deb oʻylagan-u, yonidagi telefonini olib juftakni rostlagan. Keyinroq jabrlanuvchiga kerakli hamma tibbiy yordamlar koʻrsatildi va uning hayoti saqlab qolindi.

Ertasi kuniyoq Mariya ham, Gorbakovskiy ham qoʻlga olindi. Garchi Mariya aybini boʻyniga olmagan boʻlsa-da, killer barchasini oqizmay-tomizmay aytib berdi…

Yaqinda sud hukmiga koʻra Mariya Rebgun 10,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada oʻtashi belgilab qoʻyildi. Gorbakovskiy esa 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U ham jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada oʻtaydigan boʻldi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvalik qiz sobiq sevgilisini oʻldirish uchun killer yolladi…