11:14 / 27.01.2019
6 791

Turkiyada Hurram sultonning rus millatiga mansubligi haqidagi ma’lumotlar o‘zgartirildi

Turkiyada Hurram sultonning rus millatiga mansubligi haqidagi ma’lumotlar o‘zgartirildi
Turkiya hukumati Ukraina elchixonasi murojaatiga ko‘ra turk sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi Hurram sultonning Istanbuldagi maqbarasi oldidagi stenddan uning rus millatiga mansubligi haqidagi ma’lumotlarni olib tashladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

“Sekin-asta tarixiy haqiqatni tiklamoqdamiz: Ukraina elchixonasining murojaatidan keyin turk tomoni Sulton I rafiqasi Roksolananing Istanbuldagi Sulaymoniya masjidi yonidagi maqbarasidan uning go‘yoki rossiyalik ekanligi haqidagi matnni o‘chirib tashladi”, deyilgan Ukraina elchixonasining tvitterdagi xabarida.

Ta’kidlanishicha, endilikda maqbarada “Sulton Sulaymon rafiqasi Hurram sulton (Roksolana), ukrainalik va sulton Salim [II]ning onasi” degan yozuvni ko‘rish mumkin.

Hurram sulton (1502/1505 - 1558) Usmon imperiyasi sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi bo‘lgan. Uning haqiqiy ismi va kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi manbalarda u rus ildizlariga egaligi, boshqalarda esa u Rogatinadan (hozirda Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyati) ekanligi aytiladi. Hurram sulton sultonlikning siyosiy ishlarida muhim rol o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada Hurram sultonning rus millatiga mansubligi haqidagi ma’lumotlar o‘zgartirildi